Maxfiylik siyosati

Mazkur maxfiylik va shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish siyosati www.artelelectronics.com sayti egasi “ARTEL ELECTRONICS” MCHJ, yuridik manzili: Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi, 2, 100047, keyingi o‘rinlarda “Operator” va “Subyekt” o‘rtasida tuziladigan ommaviy Shartnoma hisoblanadi. Mazkur maxfiylik siyosati O‘zbekiston Respublikasining 02.07.2019-yildagi 'Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida'gi O‘RQ-547-sonli Qonuniga asoslangan bo‘lib, www.artelelectronics.com saytidan foydalanish paytida “Operator” “Subyekt” haqida olishi mumkin bo‘lgan barcha ma’lumotlarga nisbatan amal qiladi. Mazkur Maxfiylik siyosatining amaldagi tahriri Internet tarmog‘ida www.artelelectronics.com manzilida doimiy ravishda mavjud.

a. Ushbu Maxfiylik siyosati hamda Maxfiylik siyosatini qo‘llash bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan Subyekt va “Operator” o‘rtasidagi munosabatlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi qo‘llanilishi shart.

b. Mazkur shartnomadan kelib chiqadigan barcha mumkin bo‘lgan nizolar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq sudga murojaat qilishdan oldin hal etilishi kerak, “subyekt” sudgacha bo‘lgan majburiy tartibni bajarishi va “Operator”ga yozma ravishda tegishli da’voni yuborishi shart; Da'voga javob berish muddati 10 ish kunini tashkil qiladi.

c. Agar u yoki bu sabablarga ko'ra Maxfiylik siyosatining bir yoki bir nechta qoidalari haqiqiy emas yoki amalga oshirib bo'lmaydigan deb topilsa, bu Maxfiylik siyosatining qolgan qoidalarining haqiqiyligiga yoki bajarilishiga ta'sir qilmaydi.

AsosiyKatalogServisTelefonKabinet