Maxfiylik siyosati

Mazkur maxfiylik va shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish siyosati www.artelelectronics.com sayti egasi “ARTEL ELECTRONICS” MCHJ, yuridik manzili: Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi, 2, 100047, keyingi o‘rinlarda “Operator” va “Subyekt” o‘rtasida tuziladigan ommaviy Shartnoma hisoblanadi. Mazkur maxfiylik siyosati O‘zbekiston Respublikasining 02.07.2019-yildagi 'Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida'gi O‘RQ-547-sonli Qonuniga asoslangan bo‘lib, www.artelelectronics.com saytidan foydalanish paytida “Operator” “Subyekt” haqida olishi mumkin bo‘lgan barcha ma’lumotlarga nisbatan amal qiladi. Mazkur Maxfiylik siyosatining amaldagi tahriri Internet tarmog‘ida www.artelelectronics.com manzilida doimiy ravishda mavjud.

1.1. Sayt - Internet tarmog‘ida www.artelelectronics.com manzilida joylashgan sayt. Sayt va uning elementlariga (jumladan, dasturiy ta’minot, dizayn) bo‘lgan barcha mutlaq huquqlar to‘liq Operatorga tegishli.

1.2. Internet - o‘zaro bog‘langan kompyuter tarmoqlarining global tizimi bo‘lib, u tarmoqlar va qurilmalar o‘rtasidagi aloqa uchun Internet protokollari to‘plamidan foydalanadi.

1.3. Sayt administratori - "ARTEL ELECTRONICS" MCHJ nomidan faoliyat yurituvchi, shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishni tashkil etuvchi va/yoki amalga oshiruvchi, shuningdek shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish maqsadlarini, ishlov berilishi lozim bo‘lgan shaxsga doir ma’lumotlar tarkibini, shaxsga doir ma’lumotlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarni belgilaydigan, Saytni boshqarish vakolatiga ega bo‘lgan xodimlar.

1.4. Qonunchilik - O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi.

1.5. Qonun - O‘zbekiston Respublikasining 02.07.2019-yildagi O‘RQ-547-sonli qonuni.

1.6. Shaxsga doir ma’lumotlar - muayyan jismoniy shaxsga taalluqli yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beruvchi elektron, qog‘oz va/yoki boshqa moddiy jismda qayd etilgan ma’lumotlar.

1.7. Shaxsga doir ma’lumotlar subyekti (Subyekt) - Saytda o‘zining Shaxsga doir ma’lumotlarini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi jismoniy shaxs (18 yoshga to‘lgan) va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq yuridik shaxs nomidan harakat qiluvchi jismoniy shaxslar.

1.8. Shaxsga doir ma’lumotlar bazasi operatori (Operator) - shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishni amalga oshiruvchi davlat organi, jismoniy va/yoki yuridik shaxs.

1.9. Shaxsga doir ma’lumotlar bazasi - o‘z tarkibida shaxsga doir ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan axborot tizimi ko‘rinishidagi ma’lumotlar bazasi.

1.10. Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish - shaxsga doir ma’lumotlarni to‘plash, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, ulardan foydalanish, ularni taqdim etish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yo‘q qilish bo‘yicha bitta yoki harakatlar majmuini amalga oshirish.

1.11. Shaxsga doir ma’lumotlarni tarqatish - shaxsga doir ma’lumotlarni nomuayyan doiradagi shaxslarga oshkor qilishga, shu jumladan shaxsga doir ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalarida e’lon qilishga, Internet jahon axborot tarmog‘iga joylashtirishga yoki shaxsga doir ma’lumotlardan boshqa biron-bir usulda foydalanishga qaratilgan harakatlar.

1.12. Shaxsga doir ma’lumotlarni yo‘q qilish - shaxsga doir ma’lumotlarning axborot tizimidagi shaxsga doir ma’lumotlarning mazmunini tiklash imkoniyati bo‘lmaydigan va (yoki) shaxsga doir ma’lumotlarning moddiy manbalari yo‘q qilinadigan harakatlar.

1.13. Uchinchi shaxs - subyekt, mulkdor va (yoki) operator bo‘lmagan, lekin ular bilan bog‘liq holatlar yoki shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish bo‘yicha munosabatlar bilan bog‘liq har qanday shaxs.

AsosiyKatalogServisTelefonKabinet